Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
USAID O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturi uchun $10 mln ajratdi
26 Sep 2022

USAID O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturi uchun $10 mln ajratdi

   Dastur 8−11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi.

   AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonga “Yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘nikmalari” (YES) dasturi uchun $10 mln ajratdi, deya xabar berdi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Dastur Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda boshlangan boʻlib, besh yillik muddatga moʻljallangan.

   Bu orqali 8−11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beradi va yoshlar bandligini oshiradi.

“Biz qizlar va imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bilamizki, ayollarning va imkoniyati cheklangan yoshlarning bandligi juda kam ifodalanganligi sababli ular O‘zbekistonda foydalanilmagan resurs bo‘lib qolmoqda”, — dedi “USAID"ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikayela Meredit.

   Agentlik amaliyotga e’tibor qaratgan holda biznes va iqtisod bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi.

https://www.spot.uz/oz/2022/09/24/usaid/


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 112
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech