USAID O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturi uchun $10 mln ajratdi

Dastur 8−11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi.USAID O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturi uchun $10 mln ajratdi
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonga “Yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘nikmalari” (YES) dasturi uchun $10 mln ajratdi, deya xabar berdi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Bu orqali 8−11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beradi va yoshlar bandligini oshiradi.Dastur Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda boshlangan boʻlib, besh yillik muddatga moʻljallangan.
Agentlik amaliyotga e’tibor qaratgan holda biznes va iqtisod bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi.“Biz qizlar va imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bilamizki, ayollarning va imkoniyati cheklangan yoshlarning bandligi juda kam ifodalanganligi sababli ular O‘zbekistonda foydalanilmagan resurs bo‘lib qolmoqda”, — dedi “USAID"ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikayela Meredit.
https://www.spot.uz/oz/2022/09/24/usaid/