Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Uzcard to’lov tizimi PCI DSS sertifikatiga ega bo’ldi
24 Dec 2015
Uzcard Milliy to’lov tizimi to’lov kartalarining ma’lumotlarini saqlash, ularga qayta ishlash va uzatish borasida Payment Card Industry Data Security Standard 3.1. xalqaro xavfsizlik standarti talablariga muvofiqligi bo’yicha sertifikatsiyalanadigan QSA-auditdan muvoffaqiyatli o’tdi. Muvofiqlik Compliance Control Ltd. kompaniyasi tomonidan har yillik QSA-auditning natijalari bilan tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun qayd etish lozimki, Payment Card Industry Data Security Standard (PCI DSS) — to’lov kartalari industriyasining ma’lumotlar xavfsizligi standarti bo’lib, u ta’sischilari Visa, MasterCard, American Express, JSB va Discover to’lov tizimlari bo’lgan – To’lov kartalari industriyasining ma’lumotlar xavfsizligi standartlari bo’yicha Kengash (Payment Card Industry Security Standards Council, PCI SSC) tomonidan ishlab chiqilgan.

Standart o’zida tashkilotlarning axborot infratuzilmasida saqlanadigan va qayta ishlaydigan, shuningdek uzatiladigan to’lov kartalari saqlovchilari to’g’risidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha detallashtirilgan 12 talabni umumlashtiradi. Standart talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha tegishli choralarni ko’rish to’lov kartalarining axborot xavfsizligini ta’minlash uchun majmuaviy yondashuvni nazarda tutadi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 12
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
8182.73 -5.60
EUR
Yevro
10158.86 +101.13
RUB
Rossiya rubli
145.10 +4.14
GBP
Angliya funt sterlingi
11482.01 +132.98
20.02.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech