Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Jun 2016
Statistik malumotlarga muvofiq dunyodagi muomalaga chiqarilgan barcha bank kartalarining taxminan uchdan bir qismi China Union Pay brendi ostida chiqarilgan kartalarga to’g’ri keladi. U bank kartalarni qo’llash sohasining kengligi bo’yicha etakchilikni saqlab kelayotgan dunyodagi yirik to’lov tizimi xisoblanadi.

UnionPay to’lov tizimining o’ziga xos xususiyatlariga tariflarning maqbulligi, hamda Xitoy va janubiy-sharqiy Osiyo xududlarida eng keng xizmat ko’rsatish tarmog’ining mavjudligi kiradi.

China Union Pay – Xitoy milliy to’lov tizimi XXRning Banklararo assotsiatsiyasi sifatida 2002 yil 26 martda tashkil etilgan. Mamlakatning markaziy banki - Xitoy xalq banki (XXB) va Xitoy xalq Respublikasi Davlat kengashi tizimni tashkil etish bo’yicha g’oya tashabbuskorlari hisoblanadi.

Asosiy pul aylanmasi mamlakat ichidagi amaliyotlarga to’g’ri kelib,
Union Pay muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi – jami chiqarilgan kartalar soni 4,7 mlrd.ga etgan.

2016 yil iyun’ holatida, UnionPay to’lov kartalari dunyoning 157 ta mamlakat, xususan 2 mln.dan ortiq bankomatlarda qabul qilinadi. Bugungi kunda China Union Pay tizimi kuniga o’rtacha 20 mln.dan ziyod bank kartalari bo’yicha operatsiyalarni qayta ishlaydi. Xitoyning deyarli barcha banklari, shu jumladan shahar va qishloq banklari, qishloq kredit kooperativlari va boshqa mahalliy pul kredit tashkilotlari Union Pay tizimining a’zosidir.

2009 yildan boshlab O’zbekistonning bir qator banklari, xususan Milliy bank, Ipak yo’li bank, Xamkorbank, Infinbank, va Davr banklari Union Pay International xalqaro to’lov tizimining a’zosidir.

YAUPMning “O’zbekistonda Union Pay xalqaro kartalari ekvayringi” bo’yicha yangi loyixasining ochilishi “O’zkart” BTTning terminal tamog’ida Union Pay xalqaro kartalari orqali to’lov qabul qilish imkonini taqdim etadi.

Bir so’z bilan aytganda, Union Pay karta egalarining dunyodagi eng katta guruhiga yuqori sifatli, xamyonbop va xafvsiz bo’lgan chegaralararo to’lov xizmatlarini ko’rsatadi, shuningdek dunyo bo’ylab miqdori o’sib borayotgan Union Pay karta egalari va savdo va xizmat ko’rsatish sohasida korxonalar uchun mahalliy qulay xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 138
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8208.04 +26.96
EUR
EVRO
9490.14 +63.08
RUB
Rossiya rubli
123.85 +1.12
GBP
Angliya funt sterlingi
10796.86 +61.65
16.10.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech