Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
XVF xodimlarining O’zbekistonga tashrifi yakunlari bo’yicha  O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bayonoti
20 Nov 2017

2017 yilning 7-16 noyabrida Xalqaro valюta fondining (XVF) janob Al’bert Eger rahbarligidagi missiyasi O’zbekiston rasmiy organlarining iqtisodiyotni yanada isloh qilish rejalarini muhokama qilish va makroiqtisodiy parametrlarni aniqlashtirish maqsadida Toshkentda bo’ldi. Tashrif so’nggida missiya quyidagicha bayonot berdi:

“Missiya rasmiy organlarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi ustivorliklariga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikning yanada samarali asoslariga o’tish va iqtisodiyotda investitsiya muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarini ijobiy baholaydi.

Missiya mazkur yo’nalishda sentyabr’ oyi boshida valюta bozori liberallashtirilganini dastlabki muhim qadam, deb qayd etdi, va bu aftidan, barcha manfaatdor tomonlarda iliq qarshi olindi.

Rasmiy organlar almashuv kurslarini bir xillashtirish ortidan aksar narxlarni erkinlashtirish, davlat korxonalarini restrukturizatsiya qilish, shuningdek xalqaro savdo va xorijdan to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo’lidagi qolgan g’ovlarni bartaraf etish mo’ljallanayotgani to’g’risida bayonot berishdi.

Missiya islohotlar jarayonida navbatdagi qadamlar investitsiya muhitini yaxshilash va aholining nochor qatlamini himoya qilishga qaratilishini qayd etdi.

Islohotlarni amalga oshirishda rasmiy organlarga xomashyo tovarlari xalqaro bozoridagi qulay narx kon’юnkturasi, shuningdek savdo hamkorlari bo’lgan mamlakatlardagi iqtisodiy o’sish yordam beradi.

Umuman olganda iqtisodiy o’sish sur’atlari maqbul bo’lib qolmoqda, biroq iqtisodiyoti o’tish sharoitida bo’lgan mamlakatlar tajribasi guvohlik berishicha, iqtisodiy o’zgarishlarning ushbu bosqichida aniq tavakkalchiliklar borki, ular iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Missiya rasmiy organlarning asosiy e’tiborni inflyatsiya bosimini ushlash doirasidagi yondashuvlarini ma’qullaydi. Inflyatsiyani samarali nazorat qilish uchun O’zbekiston Markaziy banki (MB) o’zining pul-kredit siyosati asoslarini qayta ko’rib chiqmoqda va o’z operatsion imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Missiya, shuningdek, rasmiy organlarning nominal almashuv kursining xorijiy valюtaga bo’lgan talab va taklifning asosiy o’zgarishlarini e’tiborga olishini rejalashtirganini ijobiy qabul qiladi. Valюta bozorini liberallashtirishning boshqa qadamlarini ham ma’qullaydi.

Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda oldingidek soliq-bюdjet siyosati etakchi o’ringa ega bo’lishi lozim. Shu munosabat bilan missiya kelgusida inflyatsiya bosimini ushlab turish borasidagi choralarni qo’llab-quvvatlash uchun o’zida barcha bюdjet va bюdjetdan tashqari operatsiyalarni jamlab olgan qat’iy soliq-bюdjet siyosatini olib borishni davom ettirish muhimligini qayd etdi.

Valюta bozorini liberallashtirishdan so’ng bank tizimida avvalgidek yirik hajmdagi bufer zahiralar saqlanib qolmoqda. Ayni vaqtda davlat korxonalarining katta sektorini restrukturizatsiya qilish bilan bog’liqlikda banklarning aktivlari va likvidligi sifatini diqqat bilan kuzatib borish zarurligi e’tirof etildi.

Missiya iqtisodiy ma’lumotlar sifati va ularning shaffofligini oshirishni takomillashtirish borasidagi dastlabki aniq qadamlarni mamnuniyat bilan qayd etadi. 2018 yilning fevralidan boshlab, inflyatsiya darajasi iste’mol narxlari indeksining xalqaro standartlariga moslashtirilgan yangi ko’rsatkichlari asosida baholanadi. Shuningdek, O’zbekistonda XVFda foydalaniladigan Ma’lumotlarni tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimi (R-OSRD)ga qo’shilishida ham ilgari siljishlarga erishilgan.

Missiya O’zbekistonning rasmiy organlariga sobit samimiy mehmondo’stlik va юqori konstruktiv muhokamalar uchun tashakur izhor etadi.

/ Manba: Markaziy bank matbuot xizmati / Ko'rishlar: 832
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9411.30 +15.67
EUR
EVRO
10421.13 +60.57
RUB
Rossiya rubli
146.51 +3.55
GBP
Angliya funt sterlingi
11764.13 +225.36
17.09.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech