Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Yaponiya O‘zbekistonning olis qishloqlaridagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,7 mln dollar grant ajratadi.
29 Jul 2021
Yaponiya O‘zbekistonning olis qishloqlaridagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,7 mln dollar grant ajratadi.

    Yaponiya hukumati Ijtimoiy rivojlanish fondi (JSDF) orqali ushbu maqsadlarga 2,7 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi.
   Loyiha 2021—2024-yillar davomida Jahon banki bilan hamkorlikda Jizzax va Farg‘ona viloyatining olis qishloqlarida amalga oshiriladi.

   Loyihaning maqsadi chekka qishloq hududlardagi “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

   Loyiha ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 3,5 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda 350 ta biznes loyiha uchun 1,5 million dollar ajratish orqali qishloq hududidagi ayollar tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinadi hamda grant doirasida moliyalashtirilmagan biznes loyihalar belgilangan tartibda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.

Batafsil... 

https://uzreport.news/economy/yaponiya-vozmet-na-sebya-rol-sponsora-razvitiya-jenskogo-predprinimatelstva-v-uzbekistane



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 94
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech