YeTTB O‘zbekiston agrobiznes rivojiga 14 mln yevro kredit ajratadi

Bank mamlakatdagi yashil innovatsiyalarni “UzCarlsberg” kompaniyasi xarajatlarini qoplash hisobiga qo‘llab-quvvatlash istagida.YeTTB O‘zbekiston agrobiznes rivojiga 14 mln yevro kredit ajratadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston agrosanoat sektorida “yashil” innovatsiyalarni ilgari surmoqda. Bu haqda bank saytida ma’lum qilingan.
Bank “UzCarlsberg"ga kompaniyaning kapital xarajatlarini moliyalashtirish va resurslarni boshqarishni yaxshilashga 14 mln yevro kredit ajratadi.
Loyiha doirasida kompaniya filtrlash va sovutish tizimlarini yaxshilaydi va tabiiy sovutgichlarda ishlaydigan sovutish moslamalarini sotib oladi.Mablag‘lar CO2 ni qayta tiklash tizimini o‘rnatishga, shuningdek, qaytariladigan qadoqlash ulushini sezilarli darajada oshirish orqali qadoqlash amaliyotini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekistonda 113 ta loyihaga 3,6 mlrd yevroga yaqin sarmoya kiritgan.
https://www.spot.uz/oz/2022/09/26/ebrd-bank/
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
123