Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Zamonaviy bank texnologiyalari” mavzusida seminar-trening
27 Sep 2017
2017 yil 27 sentyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tijorat banklari xodimlarining bank texnologiyalari sohasida kasbiy darajasini oshirish maqsadida Shveytsariyaning BFC (Business & Finance Consulting) konsalting kompaniyasi ishtirokida “Zamonaviy bank texnologiyalari” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Ma’ruzachi-trenerlar sifatida seminarda Shveytsariyaning BFC konsalting kompaniyasi daturi rahbari - Elena Frank hamda kompaniya ekspertlari Abduraimjanov Shavkat va Artyom Bubkin ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda kichik biznes faoliyatini tahlil qilish va agrar sohada faoliyat юritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonida zamonaviy texnologiyalar, jumladan:

- moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish;

- markazlashtirilgan anderrayting;

- agro skoring;

- mobil vositalar yordamida kreditlarni taqdim etish;

- kreditlarning muddati o’tishini oldini olish va muddati o’tgan kreditlarni qaytarishning zamonaviy usullari kabi masalalar yoritiladi.
Seminar-trening ishida tijorat banklarning kredit bюro bilan bevosita ishlaydigan xodimlari, shuningdek kreditlash, tavakkalchilikni boshqarish, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash, g’aznachilik boshqarmalari va axborot texnologiyalar departamentlarida faoliyat юritayotgan xodimlar hamda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi o’qituvchilari va magistrantlari ishtirok etishdi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 84
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSh dollari
7997.95 -27.88
EUR
Yevro
9396.79 -200.50
RUB
Rossiya rubli
128.37 -1.26
GBP
Angliya funt sterlingi
10743.65 -141.78
22.05.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech