Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Feb 2016

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq respublika tijorat banklari o’rtasida 2015 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi.

Tanlovda jami 26 ta tijorat bankining 854 ta filiallari, 4 295 ta mini-banklari hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Tashkiliy qo’mita raisi – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.Mullajonov boshchiligida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo’lib o’tdi.

Mamlakatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublikamiz tijorat banklari o’rtasida har yili tanlov o’tkazilishi banklarning aholi omonatlarini jalb qilish borasidagi faoliyatini yanada jadallashishiga, bank xizmatlari sifatining oshishi va turlarini kengayishiga, jismoniy shaxslarning talab va istaklarini inobatga olgan holda yangi omonat turlarining joriy etilishi va ko’payishiga olib keldi.

SHuningdek, mazkur tanlov aholining bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag’batlantirish, banklarning investitsion imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bu sohada ilg’or xalqaro tajribani keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslarning omonat hisobvaraqlariga qo’yiladigan mablag’lari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan bo’lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag’larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.

SHu bilan bir qatorda, mamlakatimiz rahbarining «Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2008 yil 28 noyabrdagi Farmoniga ko’ra, miqdoridan qat’iy nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to’la hajmda qoplab berilishi kafolatlangan.

Bularning barchasi bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bugun mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini aholiga taklif etmoqda. Depozitga qo’yilayotgan mablag’larning miqdori oxirgi besh yilda 3,6 marotabaga, 2015 yilda esa 28 foizga oshgan.

Tanlov g’oliblarini e’lon qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda o’tkazildi.

Tanlov natijalariga ko’ra, g’oliblar sakkizta asosiy va o’n bitta qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandi.

Quyidagilar tanlov g’oliblari deb e’tirof etildi:

1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;

Ikkinchi o’rin – «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki;

Uchinchi o’rin – «Asaka» aktsiyadorlik tijorat banki.

2. «SHaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning Amaliyot boshqarmasi;

Ikkinchi o’rin – «Asaka» bankning Surxondaryo viloyat filiali;

Uchinchi o’rin – ATIB «Ipoteka bank»ning Farg’ona filiali.

3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – AT «Aloqabank»ning Navoiy filiali, Karmana tumani;

Ikkinchi o’rin – ATB «Qishloq qurilish bank»ning Kogon filiali, Kogon tumani;

Uchinchi o’rin – ATB «Mikrokreditbank»ning Oqtosh filiali, Narpay tumani.

4. «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATB «Mikrokreditbank»ning Kosonsoy filiali;

Ikkinchi o’rin – XAB «Trastbank»ning Amaliyot bo’limi;

Uchinchi o’rin – ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filiali.

5. «SHaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATB «Qishloq qurilish bank»ning Farg’ona filiali «Farg’ona» mini-banki;

Ikkinchi o’rin – ATB «Kapitalbank»ning Markaziy amaliyot bo’limi «Ahmad donish» mini-banki;

Uchinchi o’rin – ATB «Hamkorbank»ning Amaliyot boshqarmasi «Istiqbol» mini-banki.

6. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATB «Mikrokreditbank»ning Pskent filiali «Murotali» mini-banki;

Ikkinchi o’rin – «Xalq banki»ning Jizzax viloyat amaliyot filiali «Xalqobod» mini-banki;

Uchinchi o’rin – ATB «Qishloq qurilish bank»ning Beruniy filiali «To’rtko’l» mini-banki.

7. «SHaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATIB «Ipoteka bank»ning Qashqadaryo filialiga qarashli 8-sonli jamg’arma kassasi;

Ikkinchi o’rin – XATB «Universalbank»ning Toshkent shahar filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Uchinchi o’rin – XATB «Turkiston bank»ning YUnusobod filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi.

8. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – ATB «Invest finans bank»ning Zangiota filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Ikkinchi o’rin – ATIB «Ipoteka bank»ning SHahrisabz filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Uchinchi o’rin – «Xalq banki»ning Oltinsoy filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi.

Qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar deb quyidagilar aniqlandi:

1. «Yilning eng yaxshi kassiri» nominatsiyasida – Radjapova Muqaddas Tairovna – ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning Xorazm mintaqaviy filiali 1-sonli jamg’arma kassa nazoratchi kassiri.

2. «Omonatlarni jalb qilish bo’yicha bank faxriysi» nominatsiyasida – Abduraxmanov Xaytmurat Kalmuratovich O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog’iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari.

3. «Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida – «Asaka» bankning «Qadriyat» muddatli omonati.

4. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida – AITB «Ipak yo’li banki»ning «Komfort» muddatli omonati.

5. «Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti» nominatsiyasida – ATB «Mikrokreditbank»ning «Nuroniy» jamg’arma omonati.

6. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti» nominatsiyasida – ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning «Sayoxat» jamg’arma omonati.

7. «Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo’lgan bank» nominatsiyasida – ATB «Agro bank».

8. «Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayeri bo’lgan bank» nominatsiyasida – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.

9. «Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo’linmasi» nominatsiyasida – ATB «Kapitalbank»ning Toshkent shahar filiali.

10. «Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot» nominatsiyasida – ATB «Aziya al’yans bank»ning «Onlayn tarzda aviachiptalarni sotib olish» innovatsion mahsuloti.

11. «Eng yaxshi innovatsion bank» nominatsiyasida – XATB «Orient finans bank».
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 29
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech