Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Aug 2014
- bank ishi (faoliyat turlari bo’yicha);

- bank hisobi va audit;

- investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun);

- investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun);

- korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori;

- davlat moliyasini boshqarish;

- soliqlar va soliqqa tortish;

- audit (moliya sohasida);

- pensiya ishi;

- sug’urta ishi.

Akademiya magistraturasiga iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo’lgan, yoshi 35 dan oshmagan nomzodlar vazirliklar, tashkilotlar, banklar va real sektor korxonalari rahbarlarining yo’llanmalari bilan tanlov asosida qabul qilinadi. Akademiya magistraturasiga hujjat topshirayotgan vaqtda nomzodlar tavsiya etayotgan vazirlik va boshqa tashkilotlarda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo’lishlari kerak.

Nomzodlar Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etishlari lozim:

  • mutaxassisligi ko’rsatilgan holda belgilangan shakldagi ariza;
  • oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilovaning asli;
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • tegishli vazirlik va boshqa tashkilot rahbari tomonidan imzolangan yo’llanma va tavsifnoma;
  • xodimlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa;
  • 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasidan nusxa.

Hujjatlarni qabul qilish 2014 yil 1 avgustdan 30 avgustgacha amalga oshiriladi. Hujjatlarni taqdim etish jarayonida nomzodlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.

Nomzodlar “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Mutaxassislik fani” va“Ingliz tili” fanlaridan kirish test sinovlaridan o’tadilar.

Xalqaro test bo’yicha ingliz tilida IELTS ( International English Language Testing System) yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) imtihonlarini topshirgan va amaldagi IELTS sertifikati bo’yicha kamida 5.0 ballga yoki ushbu ballning ekvivalentiga teng bo’lgan TOEFL sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar “Ingliz tili” fani bo’yicha kirish test sinovlarini topshirishdan ozod etiladi. Ushbu nomzodlarga “Ingliz tili” fanidan eng yuqori ball hisoblanadi.

Belgilangan tartibda GMAT (The Graduate Management Admission Test – biznes maktablarida muvaffaqiyatli o’qish imkoniyatlarini aniqlash uchun standartlashtirilgan test) tizimida kamida 500 ballik amaldagi sertifikatga ega bo’lgan nomzodlar “Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanlaridan kirish test sinovlarini topshirishdan ozod etiladilar. Ushbu nomzodlarga “Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan eng yuqori ball hisoblanadi.

Kirish test sinovlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2014 yil 10 sentyabr’ kuni o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va uning magistraturasiga kirish to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni bfa.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Manzil: Toshkent sh., Movarounnaxr ko’chasi, 16-uy,

tel.: (8-371) 237-5453, faks: (8-371) 237-5011.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 163
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech