Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2021 yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun jami 1 705 ta mijozga 208,9 mlrd.so‘m kredit ajratildi.
11 Jan 2022

2021 yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun jami 1 705 ta mijozga 208,9 mlrd.so‘m kredit ajratildi.

    Shundan 66 ta yuridik shaxslarga 168,4 mlrd. so‘m, 1 639 ta jismoniy shaxslarga 40,5 mlrd.so‘m yo‘naltirilgan. Bu haqida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Ma’lumot uchun aytadigan bolsak, bank tomonidan bugungi kunga qadar quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun jami 4 773 ta mijozga 453,6 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.

   Mazkur mablag‘lar naslli quyonlar, quyonlarni intensiv ko‘paytirishga mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar, generator, qushxona kompleksi, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar, ozuqa yem mahsulotlari va o‘g‘it ishlab chiqarish uskunalari hamda laboratoriya jihozlari sotib olishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Italiyalik hamkorlar tomonidan 2021 yilning dekabr oyidan boshlab ushbu kompleks uchun yetishtirilgan  naslli zotdor ota-ona quyonlar yetkazib berilmoqda. Hozirda Italiya davlatidan dastlabki 3000 boshga yaqin naslli ona quyonlar olib kelib parvarishlanmoqda.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 216
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech