Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2021 yilda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasining 71 kodli 238 69 01 ishonch telefoniga 994 ta  murojaatlar kelib tushgan.
17 Jan 2022

2021 yilda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasining 71 kodli 238 69 01 ishonch telefoniga 994 ta  murojaatlar kelib tushgan.

    Mazkur murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan. Ularning 283 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan bo‘lsa, 711 ta murojaat o‘rganilib tahlil etilgan.

Murojaatlarni viloyatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak:

  • Eng ko‘p murojaat, Toshkent shahridan  kelib tushgan, yaʼni 98 ta.
  • Buxoro viloyatidan 91 ta
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 86 ta
  • Xorazm viloyatidan 83 ta
  • Qashqadaryo viloyatidan 78 ta
  • Surxondaryo viloyatidan 78 ta
  • Jizzax viloyatidan  68 ta 
  • Toshkent viloyatidan 68 ta
  • Farg‘ona viloyatidan 61 ta
  • Namangan viloyatidan 60 ta
  • Sirdaryo viloyatidan 59 ta
  • Andijon viloyatidan 57 ta
  • Samarqand viloyatidan 54 ta
  • Navoiy viloyatidan 53 taga to'g'ri keladi.

    Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning aksariyati:

  • plastik kartalar bilan bog‘liq holatlar;
  • kredit olish bo‘yicha muammolar;
  • nafaqa olish bilan bog‘liq masalalar;
  • bankomatlardan to‘lov operatsiyalari va pul o‘tkazmalari bo‘yicha murojaatlar;
  • va shunga o‘xshash boshqa masalalar bilan bog‘liqdir.

    Yuqorida taʼkidlaganimizdek, plastik kartalardan noqonuniy pul yechish holati bo‘yicha so‘rovlar yil davomida ko‘p berilgan.

   Misol uchun, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan kelgan murojaatga to‘xtalsak:

    Mening pensiya plastik kartamdan nomaʼlum odamlar pul yechib olishdi. Boshida menga telefon qilib, sizga yutuq sifatida pul yuboryapmiz, plastik karta raqamingizni bering deyishdi. Keyin esa telefonimga  SMS keldi, ular o‘sha kodni bering deyishdi. Men tushunmaganim, bu borada maʼlumotga ega bo‘lmaganim uchun ularni aytganini qildim. Afsuski, pul tushmadi, aksincha hisobimdan pul yechib olindi

   Ushbu masala bo‘yicha murojaatchiga tushuntirish berildi. Plastik karta berilgan bank hamda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi birgalikda ish olib borildi.  Natijada huquqni himoya qiluvchi organlari aralashuvi bilan murojaat ijobiy hal etildi.

   Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tmoqchi edikki, hurmatli yurtdoshlar, pul o‘tkazmalarini amalga oshirilganda telefoningizga keladigan maxsus kod zarur emas. Yaʼni u maxfiy sanalib uni hech kimga berish kerak emas. Shuni yodda saqlangki, bank xodimlari ham hech qachon ushbu kodni so‘ramaydilar.

   Endi yana eng ko‘p murojaatlarni tashkil etgan kredit olish bo‘yicha savollarga eʼtibor bersak.  

   Ulardan biri, “Men taʼlim kreditini olish uchun bankka 2021 sentyabr oyida murojaat etgandim. Keyin yetarli hujjatlarni yig‘ib ikkinchi marta murojaat etdim. Mana bugun 29 noyabr men hali ham kredit olish so‘rovim qondirilmadi. Nimaga bunday bo‘lganiga esa tushunmadim?

   Mazkur murojaat ko‘rib chiqildi, kerakli choralar ko‘rildi, Assotsiatsiya tomonidan u murojaat etgan tijorat bankning bilan gaplashildi.  Olib borilgan ishlar natijasida esa kredit oluvchining talabi 2021 yil 16-dekabrda qondirildi.

    Bu kabi misollar ko‘p. O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xalqimiz orasida bunday holatlarni kamaytirish uchun qator tushuntirishlar olib bormoqda.  

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 162
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech