Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2022 yilda “Ipoteka-bank”ATIB tomonidan baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 1,2 trln.so‘mlik loyihalarni amalga oshiriladi.
6 Jan 2022

2022 yilda “Ipoteka-bank”ATIB tomonidan baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 1,2 trln.so‘mlik loyihalarni amalga oshiriladi.

     Qayd etish kerakki, “Ipoteka-bank” Respublikamizda baliqchilik sohasini rivojlantirishga biriktirilgan kundan buyon 3984 ta baliqchilik xo‘jaliklarining umumiy qiymati 4,0 trln.so‘m so‘mlik loyihalariga 2,1 trln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi va7844 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
  • Bank tomonidan 2020-2021 yillarda intensiv usulda baliq yetishtirish maqsadida umumiy qiymati 592,4 mlrd.so‘mlik jami 142 ta loyihaga356,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
  • Natijada 26 ming tonna intensiv usulda baliq yetishtirish quvvatlari tashkil qilindi va 1027 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
  • Bank tomonidan noyob baliq (forel, losos, osyotr) turlarini intensiv usulda yetishtirish maqsadida jami 23 ta loyihaga 213,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 6065 tonna noyob baliq (forel, losos, osyotr) baliq yetishtirish quvvatlari va 514 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
  • Kelgusi 2022 yilda Ipoteka-bank  quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

    Viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2022 yilda baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 1,2 trln.so‘mlik loyihalarni amalga oshiriladi. Bunda, Ipoteka-bank tomonidan mazkur loyihalarga650 mlrd.so‘m, shundan aylanma mablag‘lar uchun 200 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.

   Loyihalarni moliyalashtirish uchun bank barcha moliyaviy resurslar bilan to‘liq taʼminlangan. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq siyosat natijasida xorijiy moliya institutlaridan kredit resurslarini jalb qilish ancha osonlashgan. Shu sababli so‘nggi yillarda imtiyozli shartlarda davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘plab kredit liniyalarini jalb qilishga erildi. Jumladan:

  • Xalqaro moliya korporatsiyasidan 50 mln.Aqsh dollari, shundan baliqchilik loyihalari uchun 15 mln dollari;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 20 mln.Aqsh dollari, shundan baliqchilik loyihalari uchun 10 mln dollari;
  • Jahon bankidan chorvachilik loyihalari uchun 5 mln.Aqsh dollari;
  • OPEK jamg‘armasidan 30 mln. Aqsh dollari, shundan baliqchilik loyihalari uchun 10 mln dollari;

     Bundan tashqari, joriy yilda “Ipoteka-bank”ATIBtomonidan xalqaro bozorga joylashtirilgan 785 mlrd.so‘mlik (75 mln.dollar) yevroobligatsiyalar hisobidan baliqchilik loyihalari moliyalashtiriladi.

    Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligidan ajratilayotgan 20 mln dollarilik mablag‘lar ham baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

          Hozirgi sharoitda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning yagona yo‘li- intensiv usulda baliq yetishtirish ekanligini hisobga olib, baliqchilik xo‘jaliklarini intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyalariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, bankning lizing kompaniyasi orqali kamida 10 ming dona aerator uskunalarini Xitoy davlatidan markazlashgan holda yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yiladi.

 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 157
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech