Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
ETTB ning O’zbekistondagi mintaqaviy Loyihasi rasmiy ishga tushirildi
2 Mar 2018

2018 yil 1 mart kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Evropa Ittifoqining ko’magida ETTB ning O’zbekistondagi mintaqaviy Loyihasining rasmiy amaliyotga joriy etish marosimi bo’lib o’tdi. Marosim doirasida «O’zbekistonda moliyaviy sektorni Raqamlashtirish» mavzusida panel munozarasi tashkil etildi.

RSBP loyihasining asosiy maqsadi, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish shuningdek, ularga xizmat ko’rsatishning boshqa sohalariga nou-xaularni va Markaziy Osiyo mintaqasida kichik va o’rta biznes korxonalari uchun moliyaviy xizmatlarni taqdim etishning ilg’or tajribalarini quyidagi yo’nalishlarda joriy etishga qaratilgan:

kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish sohasida ETTBning ko’nikmalarini doimiy taqdim etish va tajriba almashib borish;

Markaziy Osiyo davlatlarining kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish sohasida faoliyat yurituvchi qatnashchilari uchun tajriba va ko’nikmalarni almashish va taqdim etishlari uchun mo’ljallangan platformani yaratish;

Markaziy Osiyo mintaqasidagi moliyaviy tashkilotlar uchun doimiy seminar va trening o’tkazib borish.

Turli mavzulardagi seminar va treninglar doimiy tarzda o’tkazib borilishi nazarda tutilgan. YAnada kengroq auditoriyani qamrab olish uchun esa, masofaviy ma’ruza va darslar tashkillashtiriladi.

RSBP loyihasi shuningdek, moliyaviy institutlarga tizimlashtirilgan elektron tarzda ETTB tajribasidan foydalanishlarida ko’mak beradi.


foto uz.png


/ Manba: O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi matbuot markazi / Ko'rishlar: 945
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9384.00 +323.00
EUR
EVRO
10393.72 +301.58
RUB
Rossiya rubli
140.14 +1.67
GBP
Angliya funt sterlingi
11378.10 +451.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech