Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Ahbor-Reyting» agentligi "IPAK YULI" aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining kredit reytingini  2021 yil uchun Milliy miqyosda «uzA+» darajasida yangilaydi va shu bilan birga reyting natijalariga ko‘ra prognozni “Barqaror” darajaga ko‘taradi.
27 Jun 2022

     «UzA+» reytingi bankning kreditga layoqatliligining JUDA YUQORI darajasini bildiradi, bu uning faoliyatidagi kredit tavakkalchiligining juda past darajasini aks ettiradi.

    «UzA+» reytingiga ega bo‘lgan bank kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga egaligi bilan ajralib turadi.

      Maʼlumot uchun, “IPAK YULI” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki 1990 yilda tashkil etilgan. Hozirda bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2021-yil 25-dekabrda berilgan 10-sonli litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Ayni paytda bank ilg‘or bank texnologiyalarini qo‘llash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashni nazarda tutuvchi yangi rivojlanish bosqichida ish olib bormoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 103
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech