Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga 2020-yilgi reyting natijalari ko’ra “Barqaror” prognozi bilan “uzA+” reytingini yangilaydi.
30 Dec 2021

“Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga 2020-yilgi reyting natijalari ko’ra “Barqaror” prognozi bilan “uzA+” reytingini yangilaydi.

   “uzA+” reytingi bankning kreditga layoqatliligining juda yuqori darajasini bildiradi, bu uning faoliyatidagi kredit tavakkalchiligining juda past darajasini aks ettiradi. “uzA+” reytingiga ega bo‘lgan bank kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga egaligi bilan ajralib turadi.

    “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, respublikadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB qariyb 30 yildan beri bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritib kelmoqda.

   “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: tijorat operatsiyalari, chakana bank faoliyati, qimmatli qog‘ozlar, valyuta bilan operatsiyalar, kreditlar va kafolatlar berish, korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kichik biznesni kreditlash, aholiga chakana xizmatlar ko‘rsatish, plastik kartochkalar bilan operatsiyalarni rivojlantirish va boshqalar. . Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korporativ mijozlar, shuningdek, kichik va o‘rta biznes bilan ishlash “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining eng muhim va doimiy rivojlanib borayotgan yo‘nalishi hisoblanadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 219
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech