Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Sep 2015

“Ahbor-Reyting” Reyting Agentligi 2015 yil II chorak yakuni bo’yicha “Trastbank” XABning milliy shkala bo’yicha kredit reytingini “uzA+” darajasida “barqaror” prognozi bilan tasdiqladi.

“Trastbank” XAB moliya bozorida 21 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat ko’rsataetgan va respublikamizning eng yirik xususiy banki hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, tahlil davri mobaynida “Trastbank” XAB ning ko’lamlilik ko’rsatkichlari barqaror suratlar bilan kengaydi. “Trastbank” XAB ning aktivlar hajmi 2015 yil II choragi yakuni bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan 16,70% ga o’sdi va 942,3 mlrd.sumni tashkil etdi (II chorak 2014y.: 807,5 mlrd.sum).

“Trastbank” XAB ning likvidlilik darajasi qoniqarli baxolanadi. “Trastbank” XAB ning likvidli aktivlar hajmi 2015 yil II choragi yakuni bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan na 9,38% va 438,1 mlrd. sumni yoki jami aktivlarning 46,49% (II chor. 2014g.: 49,61%) tashkil qildi. “Trastbank” XAB ning joriy likvidlilik koeffitsienti 2015 yil II chorak yakuni bo’yicha 62,27% ni tashkil qildi.

“Ahbor-Reyting” Reyting Agentligi 2015 yil II chorak yakuni bo’yicha “ORIENT FINANS” XATBning milliy shkala bo’yicha kredit reytingini “uzA” darajasida “barqaror” prognozi bilan tasdiqladi.

Moliya bozorida faoliyat boshlaganiga ko’p vao’t bo’lmagan bo’lsada, o’zining faol va samarador harakatlari natijasida “ORIENT FINANS” XATB boshqa banklar ichida o’ziga xos o’rinini egalladi. Bundan tashqari yuqori darajadagi o’sish suratlari, bankka kelajakda moliya bozoridagi o’rnini yanada mustahkamlashga ko’mak beradi. “ORIENT FINANS” XATB ning aktivlar hajmi 2015 yil II choragi yakuni bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan 92,48% ga o’sdi va 754,0 mlrd.sumga etdi (II chor. 2014g.: 391,7 mlrd.sum).

Tahlil davri mobaynida “ORIENT FINANS” XATB ning likvidlilik ko’rsatkichlari ham oshgani kuzatildi. “ORIENT FINANS” XATB ning likvidli aktivlar hajmi 2015 yil II choragi yakuni bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar oshdi va 508,9 mlrd. sumni yoki jami aktivlarning 67,50% (II chor. 2014g.: 59,80%) tashkil qildi. “ORIENT FINANS” XATB ning joriy likvidlilik koeffitsienti 2015 yil II chorak yakuni bo’yicha 82,82% ni tashkil qildi.

ORIENT FINANS” XATB ning kapitallashuv darajasi etarli darajada deb baxolanadi. “ORIENT FINANS” XATB ning umumiy kapital hajmi 2015 yil II choragi yakuni bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar oshdi va 91,9 mlrd. sumga etdi (II chor. 2014g.: 44,1 mlrd.sum). Tahlil davri davomida “ORIENT FINANS” XATB ning kapital etarliligi va I darajali kapital etarliligi ko’rsatkichlari ham mustahkamlandi va 2015 yil II chorak yakuni bo’yicha mos ravishda 20,90% va 15,60% (II chor. 2014g.: 14,20% va 13,80%) ni tashkil qildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 27
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech