Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Feb 2017
Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Prezident Qaroriga muvofiq 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda jami 27 ta tijorat bankining 855 ta filiali, 4 299 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi.

Har yili o‘tkazib boriladigan mazkur tanlov aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag‘batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga da'vat etmoqda.
2016 yil davomida tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatlarini jadallashtirgani, bank xizmatlari to‘g‘risida aholining xabardorlilik darajasi oshgani hamda ko‘plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda miqdoridan qat'iy nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to‘la hajmda qoplab berilishi kafolatlangan.
Omonat hisobvaraqlariga qo‘yiladigan mablag‘lar barcha turdagi soliqlardan ozod etilgan bo‘lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag‘larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.
Bunday imtiyoz va qulayliklar bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bugun mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan aholiga milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini taklif etmoqda. Depozitga qo‘yilayotgan mablag‘larning miqdori oxirgi besh yilda 3,5 marotabaga, 2016 yilda esa 25,2 foizga oshdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali e'lon qilish mariosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Quyidagilar tanlov g‘oliblari deb e'tirof etildi:

1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki;
Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.

2. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Oriyent Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Yunusobod filiali;
Ikkinchi o‘rin - «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax filiali;
Uchinchi o‘rin - «Aziya-alyans bank» aksiyadorlik tijorat bankining Shayxontohur filiali.

3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Shovot filiali, Xorazm viloyati;
Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Ishtixon filiali, Samarqand viloyati; Uchinchi o‘rin - «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Chust filiali, Namangan viloyati.

4. «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyat filiali;
Ikkinchi o‘rin - «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi, Toshkent shahri;
Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyat bo‘limi.

5. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali «Temir yo‘l» mini-banki; Ikkinchi o‘rin - «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining Mirzo Ulug‘bek filiali «Kadishev» mini-banki; Uchinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Shayxontohur filiali «Xadra» mini-banki.

6. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo viloyati, Qiziriq filiali, «Bandixon» mini-banki;Ikkinchi o‘rin - «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy filiali, «Bo‘ston» mini-banki; Uchinchi o‘rin - Chet el kapitali ishtirokidagi «Xamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyati, Shahrixon filiali, «Shohbekat» mini-banki.

7. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi jamg‘arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Invest Finans Bank» aksiyadorlik tijorat bankining Xorazm viloyat filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi; Ikkinchi o‘rin - “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining Navoiy filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi; Uchinchi o‘rin - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi.

8. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi jamg‘arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat bankining Do‘stlik filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi, Jizzax viloyati; Ikkinchi o‘rin - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining Muborak filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi, Qashqadaryo viloyati; Uchinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Ohangaron filialiga qarashli 3-sonli jamg‘arma kassasi, Toshkent viloyati.

Qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar deb quyidagilar aniqlandi:
1. «Yilning eng yaxshi kassiri» nominatsiyasida - Xolxojayeva Farida Raximjonovna - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining Uchtepa filiali Kassa amaliyotlari bo‘limi nazoratchi kassiri.

2. «Omonatlarni jalb qilish bo‘yicha bank faxriysi» nominatsiyasida - Sadullayeva Oliya Zaynidinovna - “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Navoiy viloyati, Zarafshon filialining Minibank va jamg‘arma amaliyotlar shu'basi bosh mutaxassisi.

3. «Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida - «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining «Barakali» muddatli omonati.

4. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida - «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining «Mig» muddatli omonati.

5. «Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti» nominatsiyasida - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining «Binafsha» jamg‘arma omonati.

6. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti» nominatsiyasida - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankning «Eksklyuziv» jamg‘arma omonati.

7. «Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo‘lgan bank» nominatsiyasida - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.

8. «Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayeri bo‘lgan bank» nominatsiyasida - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

9. «Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo‘linmasi» nominatsiyasida - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Arnasoy filiali.

10. «Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot» nominatsiyasida - “Universal bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankining “Universalmobayl” innovatsion mahsuloti.

11. «Eng yaxshi innovatsion bank» nominatsiyasida - “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 125
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech