BankExpo-2015 milliy ko’rgazmasi o’z ishini yakunladi
Bugun Toshkentdagi Ko’rgazma Savdo markazida Respublika Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitalari, O’zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi, Banklar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari VIII-yillik BankExpo-2015 milliy ko’rgazmasi o’z ishini yakunladi. Ko’rgazmada bank-moliya tizimining so’nggi yutuqlari va istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari, yangi texnologiya va xizmatlar namoish etildi.
Ko’rgazma yakunida an’anaga ko’ra 26 nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlandi:
“Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi” — «Ipoteka-bank» ATIB
“Eng yaxshi mikrokreditlash xizmati” — «Mikrokreditbank» OATB
“Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qo’llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” — «Agrobank» OATB
“Oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” — Xalq banki
“Innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” — OATB «Qishloq qurilish bank»
“Qishloq farovonligiga qo’shayotgan hissasi uchun” — OATB «Qishloq qurilish bank»
"Xorijiy kredit liniyalarini jalb etayotgan eng yaxshi bank" — O’zmilliybank
“Eng faol investitsion bank” — «O’zsanoatqurilishbank» OATB
“Ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” — «Asaka» bank (OAJ)
“Hududlarda faoliyatini kengaytirayotgan eng yaxshi bank” — XOATB «InFinBank»
“Innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga intiluvchan eng yaxshi bank” — XYOATB «Orient Finans»
“Mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatuvchi eng yaxshi bank” — «Trastbank» XOABB
"Hududiy BANKEXPO-2015 ko’rgazmasida eng faol ishtirok etgan bank" — «Hamkorbank» OATB
"Bank tizimini nufuzini oshirishga qaratilgan xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan yilning eng yaxshi anjumani" — «Kapitalbank» OATB
"Mijozlarga masofadan xizmat ko’rsatuvchi eng yaxshi bank" — OAITB «Ipak yo’li»
“So’rov natijalariga ko’ra eng ko’p ovoz to’plagan bank” — O’zmilliybank
“Eng yaxshi reklama kompaniyasi” — «Ipoteka-bank» ATIB
“Eng yaxshi axborot bilan ta’minlangan stend" — «Kapitalbank» OATB
“Eng yaxshi stend personali xizmati" — OATB «Qishloq qurilish bank»
“Eng yaxshi stend dizayni” — «Asaka» davlat-aktsiyadorlik tijorat banki
“Tashrif buyuruvchilar e’tibori sovg’asi” — Xalq banki
"Eng ko’p tashrif buyurilgan stend" — XYOATB «Orient Finans»
"Eng yaxshi texnik jixozlangan stend"— Aloka bank
"Eng yaxshi hududiy BANKEXPO-2015 ko’rgazmasi" — Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi
“Eng samarali moliyaviy loyiha” — OATB «ASIA ALLIANCE BANK»
Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish departamenti — Markaziy bank
"Mikrokreditbank Qoravul filiali
“Tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlayotgan eng yaxshi hududiy bank filiali”
OATB «ASIA ALLIANCE BANK» Qarshi filiali
Ipak yo’li banki CHilonzor filiali
"Trastbank XABB Andijon filiali
Aloqa bank Samarqand filiali