Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Dec 2015
Tijorat banklari bosh hisobchilarining kasbiy darajasini yanada oshirish, ularda xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakulьteti bazasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra, Banklar Assotsiatsiyasi ko’magida “Banklarda buxgalteriya hisobi va hisoboti: qonunchilikdagi o’zgarishlar va amaliyot” mavzusidagi tijorat banklari bosh buxgalterlari uchun umumlashtirilgan 2 haftalik o’quv kursi tashkil qilinmoqda.

Mazkur kursning o’quv dasturi doirasida tinglovchilarga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari hamda buxgalteriya hisobining xalqaro modellarining ahamiyati, tijorat banklari buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarni MHXSga muvofiqlashtirish, hisob siyosatini shakllantirish (MHXS 8 asosida), banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha bo’yicha halqaro Bazelь standartining tijorat banklari moliyaviy hisobotlariga ta’sirini baholash, tijorat banklarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobini tashkil etish, ichki bank operatsiyalari hisobini MHXS asosida yuritish, banklar tomonidan to’lanadigan soliqlarni hisobga olish va undagi muammolar, tijorat banklarida moliyaviy holat to’g’risidagi (buxgalteriya balansi), yalpi daromadlar, pul mablag’larining xarakati hamda xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlarni MHXS tizimiga o’zgartirish tartibi o’rgatiladi.

Ushbu o’quv kurs 2016 yilning yanvar oyidan boshlab har oyda o’tazilishi rejalashtirilmoqda.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 42
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech