Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Jun 2016
2016 yilning 13-18 iyun’ kunlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra, Banklar Assotsiatsiyasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida “Banklarda buxgalteriya hisobi va hisoboti: qonunchilikdagi o’zgarishlar va amaliyot” mavzusidagi tijorat banklari bosh buxgalterlari uchun umumlashtirilgan o’quv kursi tashkil qilindi.

Mazkur kursni o’tkazishdan asosiy maqsad tijorat banklari bosh hisobchilarining kasbiy darajasini yanada oshirish, ularda xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasida chuqur amaliy va nazariy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Umumlashtirilgan kursning o’quv dasturi doirasida tinglovchilarga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari hamda buxgalteriya hisobining xalqaro modellarining ahamiyati, tijorat banklari buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarni MHXSga muvofiqlashtirish, hisob siyosatini shakllantirish, banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha halqaro Bazel’ standartining tijorat banklari moliyaviy hisobotlariga ta’sirini baholash, tijorat banklarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobini tashkil etish, ichki bank operatsiyalari hisobini MHXS asosida yuritish, banklar tomonidan to’lanadigan soliqlarni hisobga olish va undagi muammolar, tijorat banklarida moliyaviy holat to’g’risidagi (buxgalteriya balansi), yalpi daromadlar, pul mablag’larining xarakati hamda xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlarni MHXS tizimiga o’zgartirish tartibi o’rgatiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 345
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech