Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Jul 2016
2016 yil 14 iyul’ kuni «Maristella» majmuasida «Bankovskie vesti» va «Bank axborotnomasi» ro’znomalari rivojlanishining kelajagdagi istiqbollariga bag’ishlangan (Team building) sayyor seminari bo’lib o’tdi.

Seminar ishida «Bankovskie vesti» va «Bank axborotnomasi» ro’znomalari tahririyatining rahbar xodimlari va mutaxassislari, shuningdek O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda “Soliq va bojxona xabarlari” ro’znomasining vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida interfaol shaklda quyidagi masalalar muxokama qilindi:

- ro’znomaning kelgusi faoliyatining istiqbollari va rivojlanish kontseptsiyasini belgilash;

- yosh bank mutaxasislarining kasbiy darajasi va amaliy ko’nikmalarining o’sishini ta’minlashda ro’znomaning rolini oshirish;

- ro’znomaning maqsadli auditoriyasini yanada optimallashtirish;

- maqsadli auditoriyaning amaliy manfaatlaridan kelib chiqgan xolda ro’znomaning doldzarb kontenti va mavzularini shakllantirish;

- ro’znomada talabga ega yangi rubrikalarni (sarlavhalarni) yaratish;

- ro’znomaning dolzarb kontentini shakllantirishda tijorat banklari bilan birgalikda olib boriladigan ishlarning samaradorligini oshirish;

- bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali ekspert-maslahatchilar bazasini yaratish;

Team building sayyor seminari yakunlari bo’yicha tadbir ishtirokchilari tomonidan «Bankovskie vesti» va «Bank axborotnomasi» ro’znomalarining kelajakdagi rivojlanish kontseptsiyasi loyihasiga kiritish uchun amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 84
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech