Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Oct 2012
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 6 avgustdagi “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-433-sonli Qarori bilan belgilangan imtiyoz muddati uzaytirildi.

Jumladan bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va to’lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va to’lov terminallarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy ta’minot va litsenziyalar bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod etilgan muddat 2014 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.

Bundan tashqari xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari (tijorat banklaridan tashqari) ko’rsatilgan xizmatlarga plastik kartochkalar qo’llanib to’langan hajmidan amaldagi stavkaga nisbatan 10 foiz o’rniga 5 foiz pasaytirilgan stavka bo’yicha foyda solig’i yoki yagona soliq to’lovini to’lashi belgilandi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 88
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech