Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Aug 2016
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2124-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning har tomonlama etuk mutaxassis bo’lib kamol topishiga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, o’zi tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg’usini shakllantirish, yosh mutaxassislar orasida sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish hamda istiqbolli kadrlarni tanlash maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va hamkor tashkilotlar bilan imzolangan Qo’shma qarorga asosan O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi hamkorligida “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovi o’tkazildi.

2016 yil 29 iyul’ kuni O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi binosida ushbu tanlovning g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlovning barcha bosqichlarida jami 2000 nafarga yaqin yosh bank xodimlari ishtirok etishdi. Respublika yakuniy bosqichida hakamlar hay’ati tomonidan ikkinchi bosqichda g’olib deb topilgan 21 nafar eng faol yosh bank xodimlari orasidan g’oliblar saralab olindi.

Tanlovda eng faol yosh bank xodimlari respublikamizda izchil olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risida etarli tushunchaga egaligi, bank xizmat turlari yanda takomillashtirish va bank tizimida yangi innovatsion g’oyalarni joriy etish borasida kiritgan takliflari va ularning ish jarayonida joriy etilganligi, xodimlarning kasaba uyushmalari harakatidagi faolligi, tashabusskorligi, chet tillarini bilishi, yosh mutaxassisning axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati hamda moliya va bank sohasini huquqiy tartibga solish shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonunchilik borasidagi savodxonligi kabi mezonlar asosida aniqlandi.
“Eng faol yosh bank xodimi” tanlovining natijasiga ko’ra, AT “Aloqabank” Bosh ofisi xodimi Maxkamov Farrux Murodovich 3-o’rinni, “Ipoteka bank” AT Buxoro viloyati Sardor filiali xodimi Achilov Sunnatillo Obidovich - 2-o’rinni, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Akademik filiali xodimi Ismailov Sardor Samidullaevich faxrli 1-o’rinni egalladilar. Hududiy bosqichlarida hamda respublika bosqichida g’olib deb topilgan yosh bank xodimlari tadbir tashkilotchilari tomonidan Diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 192
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8271.27 +21.30
EUR
EVRO
9374.66 -17.93
RUB
Rossiya rubli
121.79 -2.88
GBP
Angliya funt sterlingi
10731.15 +30.94
13.11.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech