Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Jun 2016
O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarning har tomonlama etuk mutaxassis bo’lib kamol topishiga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi ko’magida respublikamiz tijorat banklari o’rtasida “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovini o’tkazmoqda.

Mazkur tanlov respublikamiz tijorat banklarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo’lgan faol bank xodimlari o’rtasida 3 bosqichda o’tkaziladi.

I-bosqich – 2016 yil iyun’ oyining 15 sanasigacha har bir tijorat banklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy boshqarmalarining o’z ichki tizimida.

II-bosqich – 2016 yil iyun’ oyining 30 sanasigacha har bir tijorat banklarining Respublika darajasida.

III-bosqich – 2016 yil iyul’ oyining 25 sanasigacha respublikamiz barcha tijorat banklari o’rtasida

Tanlovning barcha bosqichida kasaba uyushmasiga a’zo hamda etarli ish tajribasiga ega bo’lgan yosh bank xodimlari ishtirok etishi va navbatdagi bosqichlarda faqat 1-o’rinni egallab, g’olib bo’lgan yosh bank xodimlari qatnashadi.

G’oliblar (1-, 2-, 3- o’rin) eng yuqori ball to’plagan yosh bank xodimlari orasidan aniqlanadi.

II- va III- bosqichlarida 1,2 va 3- o’rinlarni egallagan yosh bank xodimlari O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.

III- Respublika bosqichida 1-o’rin egallagan ishtirokchi “YOsh mutaxassislar” IV-respublika Forumida taqdimot bilan ishtirok etib tashkilotchilarning rag’batlantiruvchi sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun telefonlar: (998 71) 256-47-81, 238-69-68.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 50
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech