Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Jul 2014
2014 yilning 22 iyul’ kuni Markaziy bank tomonidan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda «Garov reestri to’g’risida»gi qonunni amalga oshirish masalalariga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Ma’ruzachilar sifatida seminarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi, “Garov reestri” Davlat unitar korxonasi hamda “Kredit axborot tahliliy markazi” kredit byurosi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda ishtirok etish uchun respublikamiz tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari, lizing kompaniyalari, soliq va bojxona xizmatlari, tergov va surishtiruv organlari ma’sul hodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Seminar davomida so’zga chiqganlar ishtirokchilarga «Garov reestri to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining mazmuni, mohiyati va talablarini tushuntirib o’tishdi. Shu bilan birga, ma’ruzachilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12 iyunidagi “Garov reestri to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan Markaziy bank xuzurida “Garov reestri” davlat unitar korxonasi tashkil etilganligini ta’kidlab o’tishdi. Bu borada seminar ishtirokchilariga mazkur tashkilotning maqsadlari va vazifalari, garov reestriga yozuvlarni kiritish tartibi va shartlari, ularni o’zgartirish va o’chirish, shuningdek, garov reestrida yozuvlarni qidirib topish yo’llari batafsil tushuntirildi. Bundan tashkari, ma’ruzachilar garov.uz sayti orqali garov reestrini yuritish tartibini tushuntirishga alohida e’tibor berishdi.

Seminarda ma’ruzachilar “Kredit axborot tahliliy markazi” kredit byurosi faoliyatini rivojlantirish hamda “Garov reestri” davlat unitar korxonasi va kredit byurosi o’rtasida samarali hamkorlikni o’rnatish masalalarida ham to’xtalib o’tishdi.

Seminar yakunida so’zga chiqganlar “Garov reestri to’g’risida”gi qonun mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar tizimini yanada rivojlantirish, kredit bozorida mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish va ular o’rtasida raqobatni kuchaytirish, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, soliq va boshqa to’lovlardan qarzdorlikni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga o’z mulkini garovga qo’ygan holda kreditdan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirishini alohida e’tirof etdilar.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 30
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech