Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Apr 2014
O’zbekiston Respublikasining “Garov reestri to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish bo’yicha respublikamiz xukumati tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, mazkur konunning mazmuni va talablarini keng tushuntirish maqsadida Bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari VII-yillik "BankExpo” Milliy ko’rgazmasi doirasida 2014 yil 9 aprel’ kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Garov reestri to’g’risida”gi qonuni muhokamasiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi.

Seminar ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, banklararo kredit byurosi ma’sul xodimlari, moliya institutlari ekspertali, shuningdek tijorat banklari, va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislari, hamda oliy o’quv yurtlari talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar ma’ruzachilari, jumladan xorijiy ekspertlar tomonidan garov reestri va uni yuritish tartibi, garov reestri xaqqoniy ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek garov reestri faoliyatining chet el amaliyoti borasida batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, seminar davomida tijorat banklari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda garov reestri tizimini yanada rivojlantirish borasida belgilangan vazifalarni ijro etilishini ta’minlash masalalari ham muhokama etildi.

Seminar yakunida soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilaridan kelib tushgan savollarga batafsil javoblar berildi.

A. Malikov
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 96
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech