Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Oct 2012
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-moliyaviy siyosatning bugungi kundagi ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda 2013 yil 20 dekabr kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida «O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ro’yobga chiqarishda moliya bozorining roli va ahamiyati» mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkaziladi.

Mazkur konferentsiya O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferentsiya ishida ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi mutaxassislari, ekspert-tahlilchilar, tadbirkorlar, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Konferentsiyada moliya bozorini samarali tartibga solish va nazorat qilish, shuningdek moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va investorlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, milliy moliya bozori barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini yanada oshirish, aniq ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyihalarning maqsadlariga erishishini ta’minlashda moliya bozorining imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 28
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7909.37 -34.70
EUR
EVRO
9306.16 +43.37
RUB
Rossiya rubli
126.72 -1.01
GBP
Angliya funt sterlingi
10606.47 +3.52
12.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech