Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Apr 2014

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarorining 1-ilovasi 71-bandida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Toshkent moliya instituti tomonidan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazilmoqda.

Mazkur konferentsiya 2014 yilning 29 may kuni Toshkent moliya instituti bazasida o’tkaziladi.

Konferentsiyani o’tkazishdan maqsad iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining rolini yanada oshirish, barqaror iqtisodiy o’sish va investitsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida zamonaviy tendentsiyalar va ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferentsiyada Plenar yig’ilish bilan birga quyidagi sektsiyalar tashkil etiladi.

1-sektsiya. Bank-moliya tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari;

2-sektsiya. Iqtisodiy o’sishning barqarorligini ta’minlash va ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda bank-moliya tizimining rolini yanada oshirish;

3-sektsiya. Tijorat banklarining investitsiya faolligini oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;

4-sektsiya. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion jarayonlarni jadallashtirishda moliya, soliq va auditning ustuvor yo’nalishlari.

Konferentsiyada ishtirok etishni istagan shaxslar ma’ruza tezislarini qog’oz va elektron shaklda to’ldirilgan anketa bilan (1-ilovaga muvofiq) Konferentsiya tashkiliy qo’mitasiga 1 mayga qadar taqdim etishlari lozim. Manzil: Toshkent moliya instituti, Kredit-iqtisod fakul’teti, “Bank ishi” kafedrasi, 203-kabinet, “Bank hisobi va audit” kafedrasi, 209-kabinet. E-mail: kbha@tfi.uz">kbha@tfi.uz (Adres: O’zbekiston, Toshkent shahri, Amir Temur ko’chasi 60A, Pochta indeksi: 100000, Tel: (+99871) 234-07-19, 234-43-42, Faks: (+99871) 234-07-19.

A. Malikov
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 105
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech