Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Dec 2015

26-29 noyabr kunlari Toshkentda “O'zbekiston Respublikasi bank tizimi: holat, tendensiya, yangi chaqiruv va yechimlar” mavzuida IV Toshkent xalqaro bank forumi bo’lib o’tdi.

Forumning asosiy maqsadi xalqaro bank tizimi holati, uni rivojlantirishning muammo va ustuvor vazifalari, zamonaviy bank tizimi va moliya xizmatlarini rivojlantirish tendensiyalarini muhokama etish; O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishish va xorij sarmoyalarini xalb qilishda mahalliy tijorat banklari ishtirokini ta'minlash; shuningdek mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish; xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank- moliya bozori ishtirokchilari o'rtasida tajriba almashish; milliy va chet ellik bank sohasi vakillari, qolaversa bank tizimi infrtuzilmasi vakillari o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlashdan iboratdir.

Forum «SAIPRO Axborot–reyting agentligi» O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ko'magida tashkil etildi. Forum ishida O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston lizing beruvchilari Assotsiatsiyasining rahbarlari, XMK, Germaniya jamg’arma kassalari Fondi, “Deloitte & Touche”, Fitch Ratings, Grant Thornton va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

28 noyabr kuni forumning xorijiy ishtirokchilari Samarqand shahriga borib, ko'hna shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 33
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech