Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Sep 2015
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning taklifiga binoan Toshkent shahriga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Eksport-import banki Raisi va Prezidenti janob Li Duk-Xunning tashrifi doirasida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Koreya Eksimbankining Koreya iqtisodiy rivojlanishidagi roli va uning O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga qo’shayotgan hissasi” mavzusidagi uchrashuv-seminar bo’lib o’tdi.

Seminar ishida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari rahbarlari, tijorat banklarining investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish masalalarida ixtisoslashgan departamentlarning ma’sul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Koreya Eksport-import banki Prezidenti Janubiy Koreya iqtisodiyotining tashkil topishi va rivojlanishi, mamlakatning johon ishlab chiqarishidagi yutuqlari, shuningdek Koreya Respublikasining rivojlanishidagi Eksimbankning ahamiyati borasida to’plangan boy tajriba bilan o’rtoqlashdi.

Seminarda e’tirof etilganidek, mazkur tajriba shak-shubhasiz katta qiziqish uyg’otib, tijorat banklarining investitsion faoliyatini yanada rivojlantirishga hizmat qiladi.

Seminar davomida Koreya Respublikasi Eksport-import bankining O’zbekiston iqtisodiyoti va uning bank sohasi rivojlanishiga qo’shayotgan ulkan hissasi ham alohida ta’kidlab o’tildi.

Samarali fikr almashinuvi ruhida o’tgan tadbirda martabali mehmon uchrashuv ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

O’tkazilgan tadbir qatnashchilari takidlaganidek, mazkur seminar ikkala mamlakatlarning bank tizimlari o’rtasidagi samarali va istiqboli munosabatlarning rivojlanishi, o’zaro ishonchni yanada oshishi, shuningdek investitsiyalar hajmlari o’sishi va mamlakatimiz banklari faoliyatining samaradorligini oshishiga hizmat qiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 92
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech