Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Jun 2014

Axborot xati

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Banklar Assotsiatsiyasi hamda Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda 2014 yil 26 sentyabr kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda moliya-bank institutlarining ishtiroki: qonunchilik, amaliyot va yanada takomillashtirish» mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur konferentsiyani o’tkazishdan asosiy maqsad: ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hamda qulay investitsiya iqlimini shakllantirishda moliya-bank institutlari ishtirokining ilg’or xorij tajribasini tahlil qilish va undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini baholash, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan zamonaviy moliya-bank xizmatlarining ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish, biznesni yuritish uchun sharoitlarini baxolashda jahon amaliyotida qabul qilingan mezonlar tizimini joriy etish, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi moliya infratuzilmasi institutlarining barqarorligi, kapitallashuv darajasi va raqobatbardoshligini yanada oshirish, ularda uzoq muddatli va barqaror resurs bazasini shakllantirish, shuningdek O’zbekistonda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini rag’batlantirish, hamda jahon amaliyoti talablariga muvofiq investorlar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish borasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, ekspert-tahlilchilar, tadbirkorlar, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferentsiyada umumiy (plenar) yig’ilish bilan bir qatorda quyidagi sektsiyalar ishi ham tashkil etiladi:

1-sektsiya: O’zbekistonda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish masalalari.

2-sektsiya: O’zbekistonda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashda moliya-bank institutlarining ishtirokini yanada faollashtirishning nazariy va amaliy jihatlari.

3-sektsiya: O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning ko’lamini yanada kengaytirish yo’llari.

Tezislarga bo’lgan talablar:

Konferentsiyada ishtirok etish uchun ma’ruza tezislari bosma va elektron shaklda, ishtirokchining anketasi bilan birgalikda (ilovada keltirilgan) tashkiliy qo’mitaga 2014 yilning 15 avgustiga qadar topshirilishi lozim (manzil: 100000, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug’bek tumani, Mavaraunnaxr ko’chasi 16. O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Ilmiy markaz, 13 xona. E-mail: info@bfa.uz).

Ilmiy-amaliy tavsiyalarni o’z ichiga qamrab olgan ma’ruza tezislari uch (3) betdan oshmagan hajmda o’zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin. Ma’ruza tezislari Microsoft Word (format RTF), Times New Roman shriftida, A4 formati, tepadan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, shrift hajmi – 14pt, oraliq interval – 1,0 sm, abzats boshidagi oraliq – 1 sm, eniga formatlash tarzida to’ldirilishi zarur. Tezis birinchi betining o’ng qismida muallifning familiyasi, ismi, sharifi (to’liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, tashkilotning yoki o’quv yurti nomi ko’rsatilishi shart. Maqola nomi o’rtada keltirilishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan tezislar to’plamga kiritilmaydi va chop etilmaydi.

Ma’lumot uchun telefonlar: Bank-moliya akademiyasi:(+998 71) 237-48-42,
237-54-53, faks: 237-50-11, 237-53-85. O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi: (+998 71) 238-69-68, faks: 238-69-62 (avtomat).

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 79
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech