Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Sep 2014
2014 yil 26 sentyabr kuni O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi va O’bekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda moliya-bank institutlarining ishtiroki: qonunchilik va amaliyot» mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.


Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar vakillari, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi mutaxassislari, ekspert-tahlilchilar, tadbirkorlar, etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarning olimlari, ilmiy xodimlari va tadqiqotchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur konferentsiya O’zbekistonda ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini rag’batlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan zamonaviy moliya-bank xizmatlarining ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish, biznesni yuritish uchun sharoitlarini baxolashda jahon amaliyotida qabul qilingan mezonlar tizimini joriy etish, shuningdek jahon amaliyoti talablariga muvofiq investorlar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish borasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 28
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech