Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 May 2016
2016 yil 22 may kuni "Yoshlik" sport va sog'lomlashtirish kompleksida XI - Banklararo spartakiada doirsaida mini futbol bo’yicha musobaqalarning final o’yinlari o’tkazildi. 3-o’rin uchun Agrobank bilan Xalqbank jamoalari maydonga tushishdi.

Qizg’in o’tgan uchrashuvda Agrobank jamoasi 7:1 hisobida g’alabaga erishib 3-o’rinni qo'lga kiritdi. 1-o’rin uchun Sanoat qurilish bank hamda Milliy bank jamoalari bellashdilar. Milliy bank jamoasi uchrashuvni shiddatli ravishda boshlab birinchi to'pni kiritishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, Sanoatqurilishbank komandasi uchrashuv davomida ravon o'yin ko'rsatib Milliy bank jamoasi darbozasiga 5 ta to'p kiritib g'alabani qo'lga kiritdi.

Mini futbol musobaqalarining yakuni bo’yicha komandalar quyidagi o’rinlarni egallashdi: 1-orin Sanoatqurilishbank, 2-o’rin Milliy bank, 3-o’rin Agrobank. Musobaqa yakunida g’olib komandalar diplom, kubok hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Turnirning bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlari yakunlari, to'purarlari haqida to'liq ma'lumot olish hamda foto lavhalar bilan tanishish uchun - spartakiadaning mini futbolga bag'ishlangan sahifasiga o'tishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 101
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech