Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Feb 2014
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi qarorining ijrosi yuzasidan O’zbekiston Resublikasi Markaziy banki taklifi bilan chet ellik va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasini ijro etish masalalariga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida bir qator xorijiy hamkorlar, Evropa Ittifoqi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (Jahon banki guruhi a’zosi), Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro Hamkorlik bo’yicha Germaniya Jamiyati va Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik bo’yicha Jamg’arma Kassalari Fondi (Finanzgruppe)ning vakillari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi va O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Markaziy Bank huzuridagi Moliya sohasini rivojlantirish agentligi toonidan “O’zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasining asosiy maqsadlari, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar to’g’risida axborot berdi.

Davra suhbati ishtirokchilari moliyaviy savodxonlikni oshirish bo’yicha mavjud ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan davlat idoralari, ta’lim muassasalari va moliya tashkilotlarining o’zaro hamkorligi masalalari ham muhokama etildi.

Anjumanda hozirgi kunga qadar moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo’naltirilgan qo’llanmalar va risolalar, jumladan “Mening oilaviy byudjet kitobcham”, «Oila byudjeti kitobchasi», «Mening kundalik pullarimni rejalovchi kitobcham», “Jamg’arish – kelajak mevasi” va «Bank ishi asoslari» amaliy qo’llanmalari va «Jamg’arish mohiyati» nomli risola hamda “Moliyaviy savodxonlik asoslari” deb nomlangan o’quv qo’llanmaning taqdimoti ham bo’lib o’tdi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 77
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech