Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Mar 2015
2015 yil 27 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi binosida “O’zbekiston bank sohasidagi iqtisodiy islohotlar” mavzuida tashkil etilgan brifing o’tkazildi.

Mazkur brifing tadbir ishtirokchilarini Mustaqillik yillarida O’zbekiston bank sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda erishilgan yutuqlar bilan kengroq tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Brifingda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Asotsiatsiyasi, tijorat banklari rahbar xodimlari, mamlaktimizga Prezident saylovlarini kuzatish hamda “Navruz” bayrami tantanalarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar va ekspertlar, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimotlarni o’tkazish davomida brifing ishtirokchilariga:

- Mamlakatimizda zamonaviy infratuzilma hamda bank faoliyatini tartibga solishning xalqaro talablariga to’liq javob beradigan mustahkam qonunchilik asoslariga ega bo’lgan 2 pog’onalik bank tizimi yaratilganligi;

- xalqaro standarlarga muvofiq bank nazoratining tamoyillari joriy etilganligi;

- yildan-yilga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilayotganligi, xususan 2013 yilda mazkur stavka - 12% tashkil etganligi, 2014 yilda – 10% ni, 2015 yilda esa – 9% gacha tushirilganligi;

- bank tizimining dinamik rivojlanishini ifodalovchi barcha asosiy ko’rsatkichlarning doimiy va barqaror o’sishining ta’minlanishi, xususan bank aktivlari, banklarning umumiy kapitali, depozitlar, iqtisodiyotning real sektoriga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar xajmining yillik o’rtacha hisobda 30%dan ziyod o’sishi;

- tadbirkorlik sub’ektlarini, ayniqsa tadbirkor ayollar, yoshlar, kollej va litsey bitiruvchilarini boshlang’ich sarmoya bilan ta’minlash maqsadida kreditlashning soddalashtirilgan jarayonining yaratilganligi;

- mamlakatimizning barcha, shu jumladan etib borish qiyin bo’lgan chekka xududlarda bank filiallari, bo’linmalari, mini-banklari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish shaxobchalaridan iborat bo’lgan bank infratuzilmaning yaratilganligi. Bunda har yuz ming katta yoshdagi aholiga 50 ta bank muassasasi to’g’ri kelayotganligi, har ming kishi nomiga 1028 ta bank hisobraqami ochilganligi va mazkur ko’rsatkichlar xalqaro me’yorlar bo’yicha yuqori bahoga mos kelganligi;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda standart bank xizmatlarini yanada takomillashtirish va joriy etish, shuningdek banklar tomonidan xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish uchun imkon yaratadigan bank xizmatlari ko’lamining doimiy kengaytirilishi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Brifingda so’zga chiqqanlar tomonidan O’zbekiston bank tizimining mustahkam va barqaror rivojlanishi haqida dalolat beruvchi asosiy indikatorlar nafaqat xalqaro standartlar talablariga mos kelishi, balki ayrim me’yorlar bo’yicha ulardan yuqori o’lganligi alohida qayd etildi. SHu tariqa, kapitalning etarlilik darajasi 24 foizdan ziyod bo’lib, bu bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan standartdan 3 marta ko’pdir. Bank tizimining joriy likvidlilik darajasi yillar davomida 64% dan ko’p bo’lib, bu xalqaro standartlar bilan o’rnatilgan minimal darajadan 2 barobar ziyoddir.

Xalqaro standartlar bo’yicha samarali prudentsial bank nazoratining amalga oshirilishi, bank aktivlarining likvidliligini va sifatini monitoring qilinishi barcha mahalliy tijorat banklariga Fitch Ratings, Moody’s va Standard & Poor’s kabi etakchi reyting agentliklaridan “barqaror” reyting bahosini olishga va olingan ijobiy bahoni qator yillar davomida tasdiqlanishiga imkon berdi.

Bundan tashqari Moody’s xalqaro reyting agentligi so’nggi yillar davomida O’zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbolliga “barqaror” prognozli reyting bahosini bermoqda.

Bank tizimining barqarorligini ta’minlash va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib borilgan maqsadli ishlar tadbirkorlar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’llab quvvatlashning mustahkam asosi bo’lib xizmat qildi va bu haqida Jahon bankining “2015 yilda biznesni yuritish” hisobotida chop etilgan ko’rsatkichlar ham dalolat bermoqda. Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar bo’yicha yangi jahon reytingida O’zbekiston yana 8 pog’onaga ko’tarildi.

Hozirda zamonaviy kredit axboroti almashinuvi tizimi yo’lga qo’yilganligi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida garov reestri yaratilganligi, mijozlarning moliyaviy holatini, ishga doir reputatsiyasini, kreditga va to’lovga layoqatliligini xolisona baholashga, shuningdek kredit, zayom va boshqa turdagi moliyaviy amaliyotlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishga imkon berayotgani ishtirokchilar tomonidan alohida ta’kidlab o’tildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va mavzuga oid ko’rgazma stendlaridan foydalangan holda o’tkazilgan tadbir davomida brifing ishtirokchilariga respublikaning bank sohasidagi so’nggi yutuqlar va rivojlanish istiqbollari, shuningdek tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan yangi texnologiyalar va mahsulotlar taqdim etildi, bu o’z navbatida halqaro kuzatuvchilar va ekspertlarga O’zbekiston bank tizimida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar, hamda mamlakat bank sektorining yanada rivojlanish istiqbollari to’g’risida zarur ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatini yaratdi.

SHu bilan bir qatorda brifing ishtirokchilariga ularni qiziqtirgan savollar bo’yicha to’liq javoblar va tushuntirishlar berib o’tildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 239
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8271.27 +21.30
EUR
EVRO
9374.66 -17.93
RUB
Rossiya rubli
121.79 -2.88
GBP
Angliya funt sterlingi
10731.15 +30.94
13.11.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech