Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Feb 2017
2017 yil 22 fevral’ kuni O’zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida Assotsiatsiyaning Bank qonunchiligi qo’mitasi hamda Banklarning tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’mitasi yig’ilishlari bo’lib o’tdi.

Yig’ilishlarda respublika tijorat banklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot ruhida o’tgan tadbirlarda kredit majburiyatlarini bajarishda garov ta’minoti, bank faoliyatini soliqqa tortish hamda banklarning tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek mamlakatimizda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish chora-tadbirlari doirasida banklarning ishtiroki alohida ko’rib chiqildi.

Yig’ilish yakunlari bo’yicha bildirilgan takliflar umumlashtirilib amaldagi qonunchilikka o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun tegishli davlat organlariga taqdim etilishi bo’yicha qaror qabul qilindi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 436
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech