Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Oct 2012
2013 yil davomida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining O’zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tijorat banklarining samarali rivojlanishiga ko’mak ko’rsatish borasidagi faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish orqali amalga oshirildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi huzuridagi investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish Fondi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi PQ-1438-sonli va 2011 yil 7 fevraldagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi to’g’risida»gi PQ-1474-sonli qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya loyihalaridagi ishtirokini rag’batlantirish yo’li bilan ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 6 iyundagi 175-son qaroriga asosan tashkil etilib, o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hududiy investitsiya dasturlarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash, investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini Fond mablag’lari hisobidan o’z vaqtida va sifatli tayyorlash, tadbirkorlarga amaliy yordam ko’rsatish maqsadida Respublika hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo’yicha ham loyiha hujjatlarini tayyorlash Fond mablag’lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan loyiha hujjatlarini tayyorlash bo’yicha kelib tushgan buyurtmanomalar soni 2012 yilga nisbatan 2 barobarga va ushbu investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan kreditlarning umumiy qiymati o’tgan yilga nistaban 60 foizga ortgan.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 30
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech