O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Bank tizimida muvofiqlik va xavflar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Bank tizimida muvofiqlik va xavflar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda respublika tijorat banklari xodimlari qatnashib, xalqaro mutaxassislar bilan mavzu doirasida fikr almashdilar. Jumladan:
- Skrining jarayonini avtomatlashtirish;
- Muvofiqlik sohasidagi tendensiyalar va dolzarb masalalar tahlili: mintaqaviy xususiyatlar, kuzatilayotgan muammoli jihatlar, Markaziy Osiyo va Yevropada o‘rnatilgan amaliyot;
- Bank tizimida skrining, monitoring va firibgarlik tekshiruvlarini markazlashtirish.
Tadbir LexisNexis® Risk Solutions kompaniyasi bilan hamkorlik da o‘tkazildi. Ushbu xalqaro kompaniya 100 dan ortiq mamlakatlarida skriningni avtomatlashtirish uchun dasturiy taʼminot va maʼlumotlarni taqdim etuvchi global kompaniya hisoblanadi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
125