Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida respublika tijorat banklarini «Bloomberg» kompaniyasining zamonaviy bank maxsulotlari bilan tanishtirishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi
17 Oct 2017
2017 yil 11 oktyabr’ kuni O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida «Bloomberg» kompaniyasi (AQSh) vakilining mamlakatimiz tijorat banklarining mas’ul xodimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv mobaynida «Bloomberg» vakili bank faoliyatini maqbullashtirish va moderniyazatsiya qilishga qaratilgan zamonaviy bank maxsulotlari to’g’risidagi prezentatsiya bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari yig’ilishda muhokamalar chog’ida «Bloomberg» platformalarini respublika tijorat banklari faoliyatida joriy etish va qo’llashga bo’yicha banklar va «Bloomberg» kompaniyasi o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga to’xtalib o’tildi. Prezentatsiyalar davomida ishtirokchilarga quyidagilar taqdimot etildi:

- «Bloomberg» kimoshdi savdolari tizimi – birlamchi dilerlarga o’rnatish uchun va moliyaviy instrumentlar kimoshdi savdolarini o’tkazish hama ularda ishtirok etishga mo’ljallangan elektron savdo platformasi;

- E-Bond «Bloomberg» platformasi – birlamchi dilerlar, dilerlararo brokerlar, xududiy inaestorlarga mo’ljallangan cheklangan foyda miqdoriga ega instrumentlar savdosining elektron interfeysi.

Prezentatsiya natijalariga ko’ra respublika tijorat banklari va moliyaviy institutlarining «Bloomberg» tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan «Bloomberg» platformalari va ularni O’zbekiston bozorida qo’llash istiqbollari muhokama qilinib kompaniya faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlar berildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 583
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
9490.77 +23.50
EUR
EVRO
10455.03 -115.18
RUB
Rossiya rubli
148.82 -0.31
GBP
Angliya funt sterlingi
12119.71 -125.26
12.11.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech