Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.
31 Aug 2022

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.   

      1991 yil  31 avgust davlat mustaqilligi qabul qilingan tarixiy kundir.

      Bu yilgi mustaqillik bayrami shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”dir. Bu shiorni o‘ziyoq bizda inson qadri ulug‘lanayotganini ko‘rsatadi.

   “Mamlakatimizdagi bunyodkorlik, jo‘shqinlikning asosiy sababi, eng avvalo, mustaqillik bergan huquq va erkinlik hamda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan oqilona islohotlar samarasidir, deyishimiz mumkin

    Aynan bank va moliya sohasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan bir yil ichida O‘zbekistonda banklar soni yana bittaga ortdi. 2021 yil 1-noyabrda 33 bank Apelsin banki o‘z ishini boshladi. Bu yangi raqami bankdir.Demak, bank “menyusi” yangicha ish faoliyatiga ega banklar bilan boyimoqda.

    Tan olish kerakki, keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda ko‘plab yangi imkoniyat va sharoitlarni yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning aksariyatiga barham berildi. 22 avgust kuni o‘tkazilgan uchrashuvda prezident tadbirkorlarga quloq tutdi.

   Bu kichik rolikdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, tadbirkorlar ko‘payishi iqtisodiyot uchun yaxshi foydadir.  Bejiz prezident "Men sizlarni advokadlaringizman" demadilar. Hozirgi asosiy tamoyil bu xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Aynan shuni uqtirishga harakat qilmoqda.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 161
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech