Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Oct 2015
Reyting ochiq manbalar — oshkor moliyaviy hisob-kitoblarga asoslanadi. MDH davlatlarida mavjud 1100 ta bankdan 10 ta mamlakat: O’zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya (2009 yili MDHdan chiqib ketdi), Qozog’iston, Moldova, Rossiya, Turkmaniston va Ukrainaning 200 ta yirik banki ushbu ro’yxatga kirdi.

O’zbekiston banklari o’rtasida reytingdagi birinchi o’rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (umumiy reytingdagi o’rni — 43, 1 yanvarь holatiga ko’ra aktivlari — 5,3 mlrd dollar, ya’ni mamlakat bank tizimi kapitalining 22,8 foizi), ikkinchi o’rinni O’zsanoatqurilishbank (61, 3,23 mlrd dollar, 13,9 foiz), uchinchi o’rinni «Asaka» banki (86, 2,17 mlrd, 9,3 foiz) egalladi.

To’rtinchi o’rinni «Qishloqqurilishbank» (122-o’rin, 1,41 mlrd, 6,1 foiz), beshinchi o’rinni «Ipoteka-bank» (126-o’rin, 1,35 mlrd, 5,8 foiz), oltinchi o’rinni Xalq banki (133-o’rin, 1,23 mlrd, 5,3 foiz), ettinchi o’rinni «Agrobank» (136-o’rin, 1,18 mlrd, 5,1 foiz), sakkizinchi o’rinni «KDB bank O’zbekiston» (162-o’rin, 870 mln, 3,8 foiz) va to’qqizinchi o’rinni «Hamkorbank» (191-o’rin, 720 mln, 3,1 foiz) band etdi.

«RIA Reyting» ekspertlari bahosiga binoan, MDHdagi 200 ta yirik bankning jami aktivlari 1 yanvarь holatiga ko’ra 1,47 trln dollar bo’ldi va bir yil oldingi TOP-200 aktivlaridan 355 mlrd dollar yoki 19,5 foiz kamdir.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 25
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech