Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Nov 2014
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari to’g’risida”gi PQ-1438 sonli Qarori, shuningdek Prezidentimizning 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2014 yilning 19 noyabr kuni “O’zbekiston iqtisodiyoti real sektori korxonalarini modernizatsiyalashda bank-moliya institutlari ishtirokining dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasini o’tkazmoqda.

Mazkur konferentsiyani o’tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimiz moliya-bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, tijorat banklari barqararligini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalashda moliya-bank institutlari ishtirokini yanada kengaytirish, shuningdek milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini ta’minlashda moliya-bank tizimining rolini yanada oshirish masalalari bo’yicha fikr almashish, hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferentsiyada Plenar yig’ilishi bilan bir qatorda quyidagi sektsiyalar ham o’z ishini olib boradi:

1-sektsiya: Real sektor korxonalarini kreditlashda banklarning ishtirokini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari.

2-sektsiya: Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalashda fiskal siyosat mexanizmlarini takomillashtirish.

3-sektsiya: Mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo’nalishlari.

4-sektsiya: Respublika moliya-bank institutlari buxgalteriya hisobi va audit tizimini xalqaro standartlarga (IFRS va ISA) muvofiqlashtirish masalalari.

5-sektsiya: Real sektor korxonalarini modernizatsiyalashda pensiya va sug’urta fondlari mablag’laridan investitsiya manbai sifatida foydalaninshning samarali mexanizmlari.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 83
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech