Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Jun 2017
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi №PF-4947–sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bazasida 2017 yil 29 iюn’ kuni “O’zbekiston korxonalarini innovatsion rivojlantirish dasturlarining investitsion ta’minoti: zamonaviy holati va rivojlantirish yo’llari” mavzusidagi II- Investitsion forumi o’tkaziladi.

Mazkur Forum doirasida aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb masalalar muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati takil etiladi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi tadqiqotlar markazi, O’zbekiston lizing beruvchilar uюshmasi, tijorat banklari ma’sul xodimlari, xalqaro ekspertlar, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti professor-o’qituvchilari va olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 318

Boshqa yangiliklar:

otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8584.50 +6.14
EUR
EVRO
9673.87 +45.52
RUB
Rossiya rubli
136.34 +1.82
GBP
Angliya funt sterlingi
10793.29 +50.61
16.07.2019 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech