O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2014-2015 o’quv yiliga kirish uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014/2015 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to’g’risida”gi 2014 yil 23 iyundagi 167-sonli qaroriga binoan bank tizimidan tinglovchilarni qabul qilish borasida mutaxassisliklar kesimida quyidagi qabul kvotalari belgilandi:
№ |
Mutaxas-sislik shifri |
Mutaxasislik nomi |
Jami |
V tom chisle | |
davlat granti |
to’lov- kontrakt | ||||
1. |
5A 230701 |
Bank ishi (faoliyat turlari bo’yicha) |
55 |
18 |
37 |
2. |
5A 230702 |
Bank hisobi va audit |
12 |
5 |
7 |
3. |
5A 230603 |
Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun) |
25 |
7 |
18 |
|
JAMI |
92 |
30 |
62 |
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabr’dagi 255-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomiga muvofiq Akademiyaga o’qishga kkirish uchush bank tizimidan quyidagi shaxslar tavsiya etilishi mumkin:
- O’zbekiston Renspublikasi Markaziy banki va respublika tijorat banklarining departament direktorlari va ularning o’rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, bo’lim boshliqlari;
- viloyat banklari boshqarma boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari;
- tuman, shahar bank bo’limlari boshqaruvchilari va ularning o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari;
- respublika banklarining bosh mutaxassislari (bosh iqtisodchilari).
Bank-moliya akademiyasiga kirish uchun xujjatlar joriy yilning 1 avgustdan-30 avgustgacha qabul qilinadi, kirish testlari esa Davlat test markazi tomonidan 10 sentyabr’ kuni o’tkaziladi.
Bank tizimidan tavsiya etiladigan nomzodlarga quyiladigan talablar:
- iqtisod sohasidagi oliy ta’lim;
- oliy o’quv yurtini bitirgandan so’ng kamida 2-yillik bank staji;
- qabul komissiyasiga xujjat topshirish vaqtiga nomzodning egallab turgan lavozimi bosh mutaxassis (bosh iqtisodchi)dan past bo’lmasligi lozim;
- nomzodlarning yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi kerak.
Talab etiladigan xujjatlar:
- nomzod ishlayotgan bank raxbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma-yo’llanma, va tavsifnoma;
-Akademiya Rektori nomiga mutaxassisligi ko’rsatilgan holda belgilangan shakldagi ariza;
- oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomning asl nushasi (yoki diplomdan ko’chirma- O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatkanlar uchun) hamda unga ilovaning asli;
- 3,5 x 4,5 o’lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.
- № 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
- xodimlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa va ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasidan ko’chirma (nusxa);
- pasport nusxasi.