Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Feb 2014
2014 yil 27 fevralda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan «Moody's» xalqaro reyting agentligi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting baholarini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yillik konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada tijorat banklarining raxbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010 yil 26 noyabrdagi Qarori talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkazilmoqda.

Konferensiya davomida banklarning moliyaviy hisobotlarini «Moody's» reyting metodologiyasi asosida tahlil etish hamda tijorat banklari faoliyatini xalqaro norma va standartlarga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ko’rib chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, 2013 yil 8 avgustda «Moody's» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekistonda bank tizimining rivojlanish istiqbollari» to‘g‘risida hisobotini e’lon qilgan bo‘lib, unga ko‘ra agentlik to‘rtinchi yil hamdirki, «Barqaror» reyting bahosini tasdiqladi.

«Moody's» agentligining fikriga ko‘ra, ushbu ijobiy bahoni belgilashda asosiy omil banklarda qulay amaliyot muhitini ta’minlovchi respublikamiz iqtisodiyotida kuzatilayotgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari hisoblanadi.

Mazkur konferensiya, shuningdek uning doirasida o’tkazilgan seminar davomida ishlab chiqilgan tavsiyalar respublikamiz bank tizimining barqarorligini oshirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, etakchi reyting agentliklarining standartlari va baholash ko‘rsatkichlari asosida tijorat banklari faoliyatini baholash tizinimi takomillashtirishga xizmat qiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 97
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech