Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Feb 2015
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi 2008 yil 31 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq respublika tijorat banklari o’rtasida 2014 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi.

Tanlovda jami 26 ta tijorat bankining 846 ta filiallari, 4 200 ta mini-banklari hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Tashkiliy qo’mita raisi – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.Mullajonov boshchiligida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo’lib o’tdi.

Mamlakatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublikamiz tijorat banklari o’rtasida har yili tanlov o’tkazilishi banklarning aholi omonatlarini jalb qilish borasidagi faoliyatini yanada jadallashishiga, bank xizmatlari sifatining oshishi va turlarini kengayishiga, jismoniy shaxslarning talab va istaklarini inobatga olgan holda yangi omonat turlarining joriy etilishi va ko’payishiga olib keldi.

Shuningdek, mazkur tanlov aholining bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag’batlantirish, banklarning investitsion imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bu sohada ilg’or xalqaro tajribani keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslarning omonat hisobvaraqlariga qo’yiladigan mablag’lari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan bo’lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag’larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.

Shu bilan bir qatorda, mamlakatimiz rahbarining “Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2008 yil 28 noyabrdagi Farmoniga ko’ra, miqdoridan qat’iy nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to’la hajmda qoplab berilishi kafolatlangan.

Bularning barchasi bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bugun mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini aholiga taklif etmoqda. 2014 yilda tijorat banklaridagi aholi omonatlarining hajmi 2013 yilga nisbatan 30,8 foizga oshdi.

Tanlov g’oliblarini e’lon qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda o’tkazildi.

Tanlov natijalariga ko’ra, g’oliblar sakkizta asosiy va o’n bitta qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandi.

Asosiy nomiatsiyalar bo’yicha g’oliblar:

1. “Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi banki” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – «Asaka» davlat-aktsiyadorlik tijorat banki;

Ikkinchi o’rin – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;

Uchinchi o’rin – «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki.

2. Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Agrobank”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hududiy filiali;

Ikkinchi o’rin – “Aloqabank”ning Xorazm filiali;

Uchinchi o’rin – “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasi.

3. “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Qishloq qurilish bank”ning Xorazm viloyati Xonqa filiali;

Ikkinchi o’rin – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qashqadaryo viloyati Muborak filiali;

Uchinchi o’rin – “Asakabank”ning Farg’ona viloyati Oltiariq filiali.

4. “Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha engyaxshi bank filiali” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Ipoteka-bank”ning Toshkent shahar filiali Amaliyot boshqarmasi;

Ikkinchi o’rin – “Ipak Yo’li bank”ning Amaliyot boshqarmasi;

Uchinchi o’rin – “Invest Finance Bank”ning Amaliyot boshqarmasi.

5. “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Mikrokreditbank”ning Keles filiali "Choshtepa" minibanki;

Ikkinchi o’rin – “O’zsanoatqurilishbank”ning Toshkent shahar Al-Xorazmiy filiali "Karvon" minibanki;

Uchinchi o’rin – “Savdogarbank”ning Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l filiali "Nukus" minibanki.

6. “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Qishloq qurilish bank”ning Surxondaryo mintaqaviy filiali "Boysun" minibanki;

Ikkinchi o’rin – “Mikrokreditbank”ning Navoiy viloyati Karmana filiali "Xazora" minibanki;

Uchinchi o’rin – Xalq bankining Buxoro viloyati Shofirkon filiali "Moxi tobon revgari" minibanki.

7. “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Ikkinchi o’rin – Xalq bankining Toshkent shahar filiali Amaliyot bo’limiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Uchinchi o’rin – “Ipoteka-bank”ning Sirdaryo filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi.

8. “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi” nominatsiyasida:

Birinchi o’rin – Xalq bankining Jizzax viloyati Zomin filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Ikkinchi o’rin – “O’zsanoatqurilishbank”ning Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot filialiga qarashli 1-sonli jamg’arma kassasi;

Uchinchi o’rin – “Hamkorbank”ning Chinobod filiali Baliqchi minibankiga qarashli jamg’arma kassasi

Qo’shimcha nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar:

1. “Yilning eng yaxshi kassiri” nominatsiyasida – Axmadalieva Rajabxon Kaxxarovna – “Mikrokreditbank”ning Namangan viloyati Toshbuloq filiali kassa amaliyoti kassa mudiri.

2. “Omonatlarni jalb qilish bo’yicha bank faxriysi” nominatsiyasida –Bodyagina Lyudmila Grigorevna – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Pul muomalasi departamenti direktori.

3. “Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit” nominatsiyasida – “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining "Fayzli kelajak" muddatli omonati.

4. “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit” nominatsiyasida– “Kapitalbank” aktsiyadorlik tijorat bankining “Shoshilmasdan” omonati.

5. “Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti” nominatsiyasida –“O’zsanoatqurilishbank”ning "YAgonasan vatanim" omonati.

6. “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti” nominatsiyasida – O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining "Boychechak" omonati.

7. “Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo’lgan bank” nominatsiyasida –O’zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki.

8. “Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayeri bo’lgan bank” nominatsiyasida –“ Asia Alliance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki.

9. “Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo’linmasi” nominatsiyasida – “Orient finans bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali.

10. “Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot” nominatsiyasida – Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank”.

11. “Eng yaxshi innovatsion bank” nominatsiyasida – “KDB Bank O’zbekiston” aktsiyadorlik jamiyati.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 43
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech