Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Jan 2016
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari bo’limlari va filiallari boshqaruvchilarining kasbiy darajasini yanada oshirish, ularda bank faoliyati hamda bank menejmenti sohasidagi amaliy va nazariy bilimlarni mustaxkamlash, shuningdek turli vaziyatlarda tezkor va oqilona qarorlarni qabul qilish ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga ko’ra, Banklar Assotsiatsiyasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Malaka oshirish fakul’teti bazasida tijorat banklarining bo’limlari va filiallarining boshqaruvchilari uchun umumlashtirilgan o’quv kurs tashkil etilmoqda.

Umumlashtirilgan kurs dasturida bank tizimida amalga oshirilayotgan oxirgi o’zgarishlar, bank faoliyatini tartibga solish borasida yangitdan qabul qilingan nizom, tartiblar va yo’riqnomalar, tijorat banklari faoliyatini boshqarish asoslari, tijorat banklari moliyaviy resurslarini shakllantirish, tijorat banklari kapitali va majburiyatlarini boshqarish, tijorat banklarining kredit siyosati, tijorat banklari kredit portfelini boshqarish, tijorat banklari resurslari bilan bog’liq risklar va ularni boshqarish, tijorat banklarini moliyaviy resurslarini boshqarishda depozit siyosati va uni takomillashtirish, tijorat banklari resurslari va ulardan samarali foydalanish yo’llari kabi masalalar o’z aksini topgan.

Ushbu o’quv kurs 2016 yilning yanvar oyidan boshlab har oyda o’tazilishi rejalashtirilmoqda.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 94
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech