Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Sep 2015

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi, 2015 yil 6 maydagi PQ-2344 sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, Toshkent moliya instituti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2015 yil 30 oktyabr kuni «O’zbekiston Respublikasida qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda bank tizimining roli» mavzusida ilmiy–amaliy konferentsiya o’tkaziladi.

Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasidagi manfaatdor vazirlik hamda idoralar, bank-moliya muassasalari va kredit tashkilotlarining rahbar xodimlari va etakchi amaliyotchi mutaxassislari, ekspert-tahlilchilar, tadbirkorlar, shuningdek etakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

KONFERENTSIYA SEKTSIYALARI:

1-sektsiya: O’zbekiston Respublikasi bank tizimini xalqaro standartlar, mezonlar va me’yorlar asosida rivojlantirish istiqbollari;

2-sektsiya: Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va resurs bazasini musahkamlash – ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning zururiy sharti sifatida;

3-sektsiya: Tijorat banklarining moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirishning dolzarb masalalari;

4-sektsiya: Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda byudjet– soliq tizimining roli.

Konferentsiyada ishtirok etish uchun talabgorlar 2015 yil 20 oktyabrgacha belgilangan tartibda ilmiy tezislarni quyidagi manzilga qog’oz va elektron shaklda jo’natishlari lozim: Toshkent shahri, A.Temur ko’chasi, 60a uy, Kredit-iqtisod fakulteti binosi (214 xona) «Bank ishi» kafedrasi. Tel.: (99871) 234-43-42, elektron manzil: bankishikonf@mail.ru">bankishikonf@mail.ru
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 77
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
8079.28 +40.28
EUR
EVRO
9492.35 +144.60
RUB
Rossiya rubli
121.46 +3.41
GBP
Angliya funt sterlingi
10564.47 +60.71
25.09.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech