Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Jan 2016
Xitoyning Pekin shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (AIIB) ochilish marosimi bo’lib o’tdi va unda 57 mamlakatning, shu jumladan O’zbekiston vakillari ham ishtirok etdilar.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki rivojlantirish bo’yicha mintaqaviy, ochiq va ko’ptomonlama tuzilma bo’lib hisoblanadi. OIIBning ustav kapitali 100 milliard dollarni tashkil etishi ko’zda tutilgan bo’lib, bank ta’sischi-mamlakatlari kiritishi lozim bo’lgan boshlang’ich badal esa 50 milliard dollarga etkaziladi.

OIIBning yaratilishi Osiyo mamlakatlarida infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan. Qit’ada iqtisodiy rivojlanishga yangi turtki berish maqsadida bank o’z e’tiborini hududda infratuzilmaviy o’zaro bog’liqlik va iqtisodiy hamkorlikni oshirishga qaratadi.

Uning asosiy maqsadi – hududda infratuzilmaviy ob’ektlarni qurilishiga moliyaviy dastak berish va “Ipak yo’lining iqtisodiy belbog’i” va “XXI asrning dengiz Ipak yo’li”ni yaratishga qaratilgan deya xabar beradi «Sin’xua» axborot agentligi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ochilishida XXR Raisi Si TSzin’pin ishtirok etdi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 38
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

Valyutalar kurslari

USD
AQSH dollari
7883.99 -25.38
EUR
EVRO
9150.95 -155.21
RUB
Rossiya rubli
124.89 -1.83
GBP
Angliya funt sterlingi
10472.30 -134.17
19.06.2018 dan ma’lumotlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech